A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlar e'lon qilindi
FOTO: Kordon Press
A Seriya matbuot xizmati mart oyi yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun da'vogarlar ro'yxatini e'lon qildi.
Unga ko'ra, ushbu sovrin uchun Nikolo Barella (“Inter”), Lukas Da Kunya (“Komo”), Nikolo Fadjoli (“Fiorentina”), Rikkardo Orsolini (“Bolonya”), Umar Sole (“Udineze”) hamda Artyom Dovbik (“Roma”) kurash olib boradi.
Ta'kidlash joiz, Dovbik mart oyida Italiya chempionatining 4 ta o'yinida maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qildi.
Ma'lumot uchun, oyning eng yaxshi futbolchisiga ovoz berish jarayonlari 6-aprel, yakshanba kuniga qadar davom etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist