locale OZ

A Seriya. «Roma» «Verona»ni mag‘lub etib, Chempionlar ligasiga yo‘l oldi

Malen va El-Shaaravi gol muallifi bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Roma» «Verona»ni mag‘lub etib, Chempionlar ligasiga yo‘l oldi
ФОТО: Getty images
Italiya A seriyasi
24.05.2026, Yak.
Verona
0
Roma
2

Italiya chempionatining 38-turida “Verona” va “Roma” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Bahsda rimliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

50-daqiqada “Verona” himoyachisi Nikolas Valentini ikkinchi sariq kartochkadan so‘ng maydondan chetlatildi. 56-daqiqada “Roma” safida Doniyell Malen hisobni ochdi. Qo‘shimcha vaqtning 90+3-daqiqasida esa Stefan El-Shaaravi jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, “Verona” 21 ochko bilan turnir jadvalida 19-o‘rinni egalladi. “Roma” esa 73 ochko jamg‘arib, uchinchi pog‘onadan joy oldi va Chempionlar ligasiga yo‘l oldi.

A Seriya. 38-tur
“Verona” – “Roma” 0:2
Gollar
: Malen 56, El-Shaaravi 90+3

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting