locale OZ

A Seriya. “Roma” safarda “Lechche”ni mag'lub etdi. Shomurodov esa...

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. “Roma” safarda “Lechche”ni mag'lub etdi. Shomurodov esa...
FOTO: ForzaRoma.info
Italiya A seriyasi
29.03.2025, Yak.
Lechche
0
Roma
1

Italiya A Seriyasining 30-turidan o'rin olgan bahsda “Roma” “Lechche” maydoniga safar qildi va minimal hisobda g'alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 80-daqiqada rimliklarning ukrainalik hujumchisi Artyom Dovbik tomonidan kiritildi. Ushbu gol o'yin oxirigacha yagonaligini saqlab qoldi.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa bahsni zaxiradan boshlab, 72-daqiqada Matias Soule o'rniga maydonga tushdi. Nufuzli SofaScore nashri Shomurodovning o'yinini 6,5 ballga loyiq ko'rdi.

A Seriya | 30-tur

“Lechche” 0:1 “Roma”

Gollar: Artyom Dovbik 80' (0:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting