locale OZ

A Seriya. «Roma» o‘z maydonida «Verona»ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

Dovbik va Soule gollarga mualliflik qilishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. "Roma" o‘z maydonida "Verona"ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi
ФОТО: Getty images

Italiya A Seriyasining 5-turidan o‘rin olgan “Roma” – “Verona” uchrashuvi yakunlandi.

Jamoalar “Olimpiko” stadionida maydonga tushishdi. Mazkur bahsda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

“Roma” hujumchisi Artyom Dovbik 8-daqiqadaoq hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda hujumchi Matias Soule 79-daqiqada ikkinchi golga mualliflik qildi.

Natijada “Roma” 12 ochkoga ega bo‘lib, A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Verona” besh o‘yindan so‘ng 3 ochko jamg‘arib, 16-o‘rinda bormoqda.

A Seriya. 5-tur

“Roma” 2:0 “Verona”

Gollar: Dovbik 8, Soule 79

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting