locale OZ

A Seriya. «Roma» derbida «Latsio»ni mag'lub etib, 4-o‘ringa ko‘tarildi

Rim klubi YECHL yo‘llanmasiga yaqinlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. “Roma” derbida “Latsio”ni mag'lub etib, 4-o‘ringa ko‘tarildi
ФОТО: Getty images
Italiya A seriyasi
17.05.2026, Yak.
Roma
2
Lasio
0

“Roma” Italiya chempionatining 37-turi doirasida o‘z maydonida “Latsio” ustidan g‘alaba qozondi — 2:0. Uchrashuv “Olimpiko” stadionida bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda Janluka Manchini dubl qayd etdi. 70-daqiqadan boshlab har ikki jamoa ham maydonda o‘n kishi bo‘lib harakat qildi.

“Roma” 70 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Latsio” (51 ochko) esa 9-pog‘onani egallab turibdi.

Italiya chempionatining so‘nggi turida, 24 may kuni “Roma” safarda “Verona” bilan kuch sinashadi, “Latsio” esa o‘z uyida “Piza”ni qabul qiladi.

A Seriya. 37-tur

“Roma” — “Latsio” — 2:0

Gollar: Janluka Manchini 40 (1:0), Janluka Manchini 66 (2:0).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting