A Seriya. «Napoli» safarda «Udineze»ga magʻlub boʻldi
Italiya A Seriyasining 15-turi doirasida «Udineze» va «Napoli» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Udine shahridagi «Bluenerji» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
O‘yindagi yagona gol 73-daqiqada Yurgen Ekkelenkamp tomonidan kiritildi va aynan shu aniq zarba «Udineze»ga uch ochkoni taqdim etdi.
Qayd etish joiz, bungacha mezbonlar foydasiga kiritilgan ikki gol VAR ko‘rib chiqilganidan so‘ng bekor qilindi. Xususan, 52-daqiqada Kinan Devis, 69-daqiqada esa Nikolo Zaniolo urgan to‘plar hisobga olinmadi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng «Udineze» 21 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarildi. «Napoli» esa 31 ochko jamg‘argan holda ikkinchi pog‘onada qolmoqda.
A Seriya. 15-tur
«Udineze» — «Napoli» 1:0
Gol: Ekkelenkamp (73).