A Seriya. «Milan» kambek evaziga «Latsio» bilan bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
A Seriya. «Milan» kambek evaziga «Latsio» bilan bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Rim klubi turnir jadvalida peshqadamga aylandi.
Italiya chempionatining 4-turida «Latsio» Rimda «Milan»ni qabul qildi. Bellashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Birinchi bo‘limda «burgutlar» Kanchelleri va Noslinning gollari evaziga hisobda oldinda borayotgandi.
Tanaffusdan keyin «rossoneri» Moreyraning dubli evaziga muvozanatn tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Bu natijadan so‘ng «Latsio» 10 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Milan» esa 8 ochko to‘plab, 4-pog‘onada.
A Seriya. 4-tur
Latsio — Milan 2:2
Gollar: Kanchelleri 10, Noslin 39 – Moreyra 65, 67.
Latsio – Mandas, Floriani (Latssari, 84), Shutalo, Provstgar, Tavaresh, Frattezi, Belaxyane, Kanchelleri (Isaksen, 58), Teylor (Gudmundsson, 74), Noslin (Pinamonti, 58), Zakkani.
Milan – Menyan, Xila, de Vinter, Pavlovich, Chukvueze, Modrich (Musa, 46), Rabio, Loftus-Chik (Pulishich, 46), Estupinyan (Moreyra, 46), Sisse (Xatchinson, 77), Ramush (Kamarda, 85).
Ogohlantirishlar: Belaxyane 63, Zakkani 78 – Pulishich 59, Pavlovich 64, Xila 86.