locale OZ

A Seriya. \"Latsio\" Rimda \"Yuventus\" bilan durang o‘ynadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. "Latsio" Rimda "Yuventus" bilan durang o‘ynadi
Photo: Getty Images

Italiya A seriyasining 36-turidan o‘rin olgan “Latsio” va “Yuventus” uchrashuvi yakunlandi.

Rimdagi bahs durang natija bilan tugadi – 1:1. Uchrashuvdagi birinchi gol 51-daqiqada kiritildi. “Yuventus”ning fransiyalik hujumchisi Randal Kolo-Muani hisobni ochdi. “Latsio” esa 90+6-daqiqada Matias Vesino tomonidan kiritilgan gol evaziga hisobni tenglashtirdi.

Qayd etish kerakki, mehmonlar 60-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi, chunki himoyachi Per Kalulu maydondan chetlatilgan edi. Mazkur o‘yindan so‘ng “Yuventus” ochkolari sonini 64 taga yetkazdi. Turinliklar Italiya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Latsio” esa 64 ochko bilan beshinchi pog‘onada bormoqda.

A Seriya. 36-tur

“Latsio” 1:1 “Yuventus”

Gollar: Vesino 90+6 – Kolo-Muani 51

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting