locale OZ

A Seriya. «Kremoneze» va «Udineze» bahsida kuchlar teng keldi

Italiya chempionatida 7-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. “Kremoneze” va “Udineze” bahsida kuchlar teng keldi
ФОТО: Getty images

A Seriyaning 2025/2026 yilgi mavsumining 7-turidan o‘rin olgan "Kremoneze" - "Udineze" uchrashuvi yakuniga yetdi.

O‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi birinchi golni Filippo Terracciano kiritdi. Himoyachi to‘rtinchi daqiqadayoq gol urdi. Ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida “Roma”da o‘ynab tanilgan hujumchi Nikolo Zaniolo hisobni tenglashtirdi.

Bu natijadan so‘ng “Kremoneze” 10 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. “Udineze” 9 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

A Seriya. 7-tur

“Kremoneze” 1:1 “Udineze”

Gollar: Terracciano 4 – Zaniolo 51

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting