locale OZ

\"Qo'rqoq oldin musht ko'tarar!\", yoxud hissiyotga berilmaslik kerak!

Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Qo'rqoq oldin musht ko'tarar!", yoxud hissiyotga berilmaslik kerak!
Photo: gettyimages
JCH. Saralash. Osiyo
05.06.2025, Yak.
BAA
0
O‘zbekiston
0

5 iyun. O'zbek xalqi uchun yana bir katta bayram ostonasi. Futbol bu millionlar o'yini va o'sha tarixiy sana kuni bu o'yin “millionlar o'yini”ga aylanib ketmasa bo'lgani.

Birlashgan Arab Amirliklarida qiziq ishlar bo'lmoqda. Avvaliga uchrashuv bo'lib o'tishi kerak bo'lgan stadion sig'imi jihatdan eng kichigiga o'zgartirildi. Bunday holatda tabiiyki mehmon jamoa muhlislariga juda ham oz miqdorda chiptalar beriladi va o'zbeklar uchun Dubay, Sharja kabi shaharlar bir qadam bo'lib qolganini mezbonlar ham yaxshi bilishadi. Ikkinchi qadamda esa mehmonlar uchun ajratilgan sektorlardan boshqa hech qaysi hududdan chipta sotib olish imkonsiz qilib qo'yildi, ya'ni mezbon sektorlaridan chipta sotib olish uchun BAA ID kartasi talab etildi. Hattoki, xabarlarga ko'ra Amirliklar fuqaroligiga ega bo'lgan o'zbek millatiga mansub insonlarga ham chipta berish taqiqlandi.

Xalqimizning ajoyib maqolida: “qo'rqoq oldin musht ko'tarar”,-deganlaridek, raqibimiz bizdan qattiq qo'rqayotganini ochiqchasiga bildirib qo'yayotgandek go'yo. Chunki, terma jamoamizning kayfiyatiga ta'sir o'tkazish ishlari hali ham to'xtamadi. Endi bu safar ko'plab jurnalistlarni aeroportda o'n soatlab ushlab turishibdi. Garchand, ularda hamma narsa qonuniy hamda bahsni yoritish uchun akkreditatsiyalari bor bo'lsa ham. Bu bilan BAA tomonidagilar bevosita bo'lmasa ham, bilvosida terma jamoamizga ta'sir o'tkazishni reja qilgan bo'lsa ajab emas. Chunki, baribir terma jamoamiz bo'layotgan voqealardan xabardor bo'ladi, balki allaqachon bo'lgan ham.

Hali hammasi emasdir balki, nega deysizmi? O'yingacha qandaydir g'alati ishlar bo'lishda davom etishi mumkin. Aytaylik mehmonxonada sovutgichlar ishlamasdan qolishi, yoki terma jamoamizga qilinishi kerak bo'lgan xizmatlar a'lo darajada bajarilmasligi mumkin, bunisiga ham tayyor turish kerak. Yana boshqa bir xabarlarga ko'ra, dubaydagi ko'plab o'zbeklar birgalikda ishlaydigan joylarga borib terma jamoamizga kuchli muhlislik qilish, yoki o'yin kuni stadionga tashrif buyurish kabi ishlarni taqiqlab, tilxat olishayotganmush bunisiga nima deysiz?

O'yin kuni duch kelinishi mumkin bo'lgan yana bir muammo, hakamlar. Kengurular yurtidan kelgan hakam kichik hushtaklar bilan har bir vaziyatga halaqit berishi mumkin. Bunday holatlarda ham hissiyotga berilmasdan, sovuqqonlikni ushlab turish muhim. O'zbekiston milliy terma jamoasi har qanday holatda ham BAA terma jamoasidan bir bosh ustun va buni maydonda ham isbotlay oladi. Tarkibdagi futbolchilar o'zi o'ynayotgan chempionatlarda sovrinlarni qo'lga kiritib, ko'tarinki kayfiyat bilan terma jamoa lageriga kelib qo'shilishdi. UFA sahifalarida futbolchilardagi xotirjamlik, ishonch, xohish va ishtiyoq aks etgan suratlarni ko'rish mumkin. Nasib qilsa, terma jamoamiz futbolchilari o'sha oqshom raqibni ayab o'tirishmaydi hamda tarix uchun ham bugungi bo'layotgan ishlar uchun ham “qasos” olishadi.

Sizchi? Bo'layotgan voqealarga qanday munosabatdasiz va ertadan keyin bo'lib o'tadigan uchrashuvni qayerda, kim bilan tomosha qilishni rejalashtiryapsiz?

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting