locale OZ

Prev'yu. \"Navbahor\" - \"Xorazm\"

Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prev'yu. "Navbahor" - "Xorazm"
Photo: Navbakhor PFK

O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “Xorazm” (Urganch) mehmoni bo‘ladi.

Mazkur jamoalar O‘zbekiston kubogi bahslarida 2 marta bir-birlariga ro‘baro‘ kelishgan.
2007 yili O‘zbekiston kubogining 2-bosqichidan o‘rin olgan bahsda “lochinar” Urganchda “Xorazm” mehmoni bo‘lib, yirik – 6:0 hisobida g‘alaba qozonib, 1/8 finalga yo‘l olishgandi.

2017 yili ham ushbu jamoalar O‘zbekiston kubogining 2-bosqichidan o‘rin olgan o‘yinda to‘qnash kelishdi va bu safargi uchrashuv Namanganda bo‘lib o‘tdi hamda unda vakillarimiz yirik – 5:0 hisobida zafar quchib, yana 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Xorazm” – “Navbahor” uchrashuvi 2 iyul kuni Jizzax shahridagi “Markaziy” stadionida soat 20:00 da start oladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting