locale OZ

Futbol. Muhim o'yinga sanoqli soatlar qoldi. Turli xil soha vakillaridan fikrlar

Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futbol. Muhim o'yinga sanoqli soatlar qoldi. Turli xil soha vakillaridan fikrlar
Photo: gettyimages
JCH. Saralash. Osiyo
05.06.2025, Yak.
BAA
0
O‘zbekiston
0

Bir necha soatlardan keyin, Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahridagi “Al Nahyan” stadionida Jahon chempionati so'nggi saralash bosqichi doirasidagi BAA-O'zbekiston qarama-qarshiligi bo'lib o'tadi. Ushbu o'yin oldidan futbol ichidagi hamda tashqarisidagi insonlarning fikrlari bilan qiziqdik:

Mirjalol Jo'rayev (Turon U21, Turon jamoasi sobiq bosh murabbiyi, hozirda futbol akademiyasida faoliyat yuritmoqda):

"Oson o'yin bo'lmaydi. Sababi Jahon chempionati yo'llanmasi turibdi. Raqiblarimiz ham orqamizdan quvlab kelmoqda. O'ylashimcha 1:1 yoki 2:2 hisobidagi durrang qayd etiladi. Biz orqani o'ylamasdan hujumga o'tishgayam haqqimiz yo'q. Himoyani o'ylab oldiga olg'a bosishgayam haqqimiz yo'q. Natija uchun o'ynashga majburmiz.

Shuning uchun natijaga harakat qilishimiz kerak. Sababi agar mag'lubiyatga uchraydigan bo'lsak, ohirgi tur juda ham alanga olib ketishi mumkin. O'ylaymanki beshinchi kuni ijobiy natija bilan, Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritamiz.

Butun vujudimiz bilan, qalban O'zbekiston terma jamoasi bilan birgamiz. Hammamiz kutgan tarixiy onlar yaqin. Mundialga chiqishimizni kutib dunyodan o'tib ketganlar qancha. Buni juda uzoq kutdik. Futbolchilar ham buni his qilib turishibdi. Shular haqqi-xurmati ham ijobiy natija qilishimiz kerak"

Jaloliddin Mahmudov (Arxitektura va qurilish mutaxassisi. Ayni vaqtda Janubiy Koreda doktoranturani davom ettirmoqda):

“BAA terma jamoasini bemalol yutamiz deb o'ylamoqdaman. Sababi, raqibda zo'r stadionlar bor bo'la turib eng kichik maydonni tanlashi va boshqa tashqi omillarni ko'rib ular o'yindan oldin o'zi taslim bo'lib ulgurdi deb o'ylayman. Shuning uchun ”cho'kayotgan odam cho'pga ham osilishga harakat qiladi",-deb aytilgan gap borku!

Arablarni O'zbekistondan qo'rqishi bilinib turibdi va hujumchilarimizni qattiq qo'riqlashadi. Hujumchilarimizda unchalik ham imkoniyat bo'lmasdan, boshqa chiziqdagi futbolchilarimiz gol urishsa kerak, yoki bo'lmasa standart vaziyatlardan ham unumli foydalana olishimiz mumkin.

Qarshi hujumlardan foydalanib ketishimiz ham mumkin. Raqibga ko'proq g'alaba kerakligi uchun ham ular ko'proq oldinga chiqishga majbur bo'ladi. Xayrulla Hamidov aytganidek: “Jahon chempionatiga chiqish uchun pishib, yetilib, to'kilib ham bo'lganmiz”. Biz ruhan ham, boshqa jihatlardan ham mundialga chiqishga tayyormiz"

Azamat Abdumutalov (bolalar va o'smirlar sport maktabi futbol murabbiyi):

“Beshinchi kuni g'alaba qozonamiz deb o'ylayapman. Durrang bilan emas, aynan g'alaba bilan chiqamiz. Jahon chempionatiga chiqishni oddiy ta'riflab bo'lmaydi. Xursand yurasiz, kayfiyatga zo'r ta'sir qiladi”

Sherzod Xamdamov (Hudud gaz, gaz ta'minoti hodimi):

"O'yinni hamma qatori men ham kutib o'tiriban. Menimcha o'yin 1:1 hisobida yakunlanadi. Abu Dabidan hamma xursand holda kelishini xohlayapman. Qatar bilan uydagi o'yinda natija nima bo'lar ekan deb kutmasdan, xotirjam, mazza qilib futbol ko'ramiz deb umid qilaman.

Ulug'bek Shamsiyev (Interfutbol gazetasi sobiq jurnalisti):

“Ushbu o'yin futbolchilar uchun ham, xalq uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Biz BAAdan kuchlimiz. O'yinda bosim bo'lishi mumkin. Futbolchilar tomonian “bizda durrang uchun o'ynash niyati yo'q”,-deb aytilgan fikrlarni intervyulardan bildik. Fikr-u hayol Jahon chempionatida bo'lgandan keyin, bahs natijasi yirik hisob bo'lmasa kerak deb o'ylayman.

Tahminimcha durrang, yoki bir to'p farqi bilan g'alaba qozonamiz. Natijani oldindan tahmin qilib bo'lmaydigan zamonda yashayapmiz. Yevropa chempionlar ligasi finalini ko'rdingiz. Ko'pchilik ”Inter" PSJni mag'lub qiladi, chunki “Barselona”ni to'xtatdi deb tahmin qilgan edi, biroq natijani qanday bo'lganini bilasiz. Agar mo'jiza yuz bermasa, yutqazmasak kerak.

Jahon chempionatiga chiqish futbolimizga albatta ijobiy ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi, ammo baribir hammasi bolalar futboliga borib taqalaveradi. Chunki mundialda Xitoy ham, Shimoliy Korea ham ishtirok etgan, biroq ularning bolalar futbolidagi ba'zasi yo'qligi uchun hozirda bu ishni uddalay olmayapti va bu yurt futbolchilari yevropaning grandlarida o'ynamayapti.

Olimjon Ahmedov (musofirdagi tadbirkor):

"Hozirgi terma jamoamiz tarkibini tarixdagi eng kuchlisi deb ayta olmagan bo'lardim. Shahsiy fikrimcha tarixdagi eng kuchlisi Jeparov, Kapadze, Geynrix, Odil Ahmedov, Denisovlar o'ynagan jamoa. Osiyoga sakkiz yarimta yo'llanma berilganligi hamda terma jamoamiz kuchli 10 talikka kirishi, Jahon chempionatiga chiqishimizni shart qilgan sabab deb bilaman. Oldinlari qiyin bo'lgan. To'rtta aniq yo'llanma va u yog'i matematika. To'rtlikda Korea, Yaponiya, Eron, Australiya har doim favorit bo'lgan. Hozir esa, guruhimizda bizning darajamizdagi jamoa Eron halos. Bu Eron ham Karlush Keyrush davridagi qo'rqinchli Eron emas.

Bu hozirgi tarkib kuchsiz degani emas. O'yinga kelsak, maydon tashqarisidagi voqealar maydon ichkarisiga ham ko'chib o'tmasa, Xudo xohlasa Jahon chempionati yo'llanmasini BAAda hal qilamiz. Mabodo, bir nimalar bo'lib ketadigan bo'lsa, bir narsa deyish qiyin. Ko'nglim sezib turibdi, shu safargi saralashda mundialga boramiz. Hammasi o'zimizni qo'limizda, imkoniyat juda ham yaxshi va qolaversa zahirada ham o'yinimiz bor.

Ko'ngilni xira qiladigan tomoni, terma jamoamiz hal qiluvchi muhim o'yinlarda ko'p yutqazgan. Ertaga unday bo'lmaydi degan umitdaman. Saralashlar tarixidagi eng alamlisi Babayan boshqaruvidagi Janubiy Koreaga qarshi bahsda uchralgan mag'lubiyat bo'lgan.

Arablar bizdan ochiqchasiga qo'rqyapti. Ulardan qar qanday holatda ham kuchlimiz. Legionerlarimizning hammasi yuqori formada kelishdi. Ertaga biz BAAni yutsak, raqibda to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkoniyati yo'qqa chiqadi va ularga u yog'ida ancha qiyin bo'ladi. Agar raqib g'alaba qozonadigan bo'lsa, unda bizga kelgusida bosh og'riq bo'ladi"

Mirshavkat Miryoqubov (Navbahor U21 jamoasi futbolchisi):

“Ertangi o'yinda g'alaba qozonishimizni kutmoqdaman. Jaloliddin Masharipov gol ursa kerak”

Bizda hozircha ana shunaqa gaplar. Sizchi? Siz nima deb o'ylaysiz? Ertangi uchrashuvdan nimalarni kutmoqdasiz?

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting