locale OZ

Futbol, futbol va yana futbol!

Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: UFA
JCH. Saralash. Osiyo
05.06.2025, Yak.
BAA
0
O‘zbekiston
0

Assalomu alaykum do'stlar! Bugungi kunni yaxshi boshlab oldingizmi? Kayfiyatlar a'lo darajadami? Futbolni qayerda, kim bilan tomosha qilamiz endi? Katta ehtimol bilan bu so'zlarni yaqin sakkiz soat davomida yon atrofda juda ko'p eshitasiz. Chunki bugun tarixiy kun! Bu oqshom butun o'zbek xalqi katta bayram qilishi kutilayotgan kun. Chunki bugun O'zbekiston milliy terma jamoamiz mundial yo'llanmasini rasmiylashtirish uchun Abu Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Futbolga tayyorgalik va xaqlimizdagi kayfiyat a'lo darajada. Toshkentda katta ekran o'rnatilishi aytilgan. Superliga klublari terma jamoamizga omad tilab video chiqishlar qilishmoqda. Futbol mutaxassislari va futbolga aloqasi bo'lmagan jamoatchilikdan o'yin oldi fikrlarni birin-ketib berib bormoqdamiz.

Toshkentdandagi universitetlardan birida tahsil olayotgan bir talaba bilan suhbatlashib qoldim. Bugun kechroq imtihoni bor ekan. “Imtihondan keyin Farg'onaga ketishim kerak, o'yinni yo'lda ko'radiganga o'xshayman”,-deb aytdi. Bugun mana shunday oqshom. Kimdir yo'lda, kimdir stadionni o'zida, kimdir do'stlari davrasida, kimdir oila davrasida va yana kimdir yolg'iz o'zi terma jamoamizga muhlislik qiladi. Bugun seriallar tomosha qilinmaydi. Futbol, futbol va yana futbol!

Ashaddiy futbol ishqibozlari! Sizlardan iltimos, futbolga qiziqmaydigan tanishlarni ham shu o'yinni tomosha qilishga chorlang, chunki balki shu o'yin tufayli ularda futbolga bo'lgan qiziqish paydo bo'lar. Futboldan keyin o'zaro kichik maydonlarda futbol o'ynashga o'sha tanishingizni ham taklif qilib, sog'lom-sport tarziga oz bo'lsada o'z hissangizni qo'shgan bo'lasiz.

Xojiboy Tojiboyev aytganidek bitta yarimta muzqaymoqni yeb kelish uchun ham mundialga chiqishimiz shart. O'yinni qayerda tomosha qilishni rejalashtirib oldingizmi? Harakatni boshlang, vaqt oz qolmoqda.

Eslatib o'tamiz, JCh-2026 saralashi bosqichi BAA va Oʻzbekiston uchrashuvi 5-iyun Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da “Al Nahyan” stadioni boshlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting