Elmurod Ermatov: \"O'ttiz yillik mehnat samarasi bir ochkoga bog'liq bo'lib turibdi\"
Sports24.uz jurnalist Elmurod Ermatov bilan bog'lanib, uning bugungi o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdi:
“Bugun Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasidan nafaqat taktik o'yin, balki ayyorliklarni ham kutyapmiz. Xavotirdaman. Sababi hakamlarning halaqit qilishi, shuningdek futbolchilar o'yinda arabcha ayyorona harakatlarni amalga oshirishi haqiqatga yaqin tuyulyapti. Haqiqatda hayot-mamot janggi bo'ladi. Chunki, raqib bugun bor mahoratini ishga solishga majbur bo'ladi.
Ohirgi beshta bahsda bir marta yutishgan ekan. Biznikilar to'rt marta g'alaba qozongan. Abramov aytganidek: ”o'zbek futboli arab futbolidan bir bosh ustun bo'lgan". Eng asosiysi arab futbolining ayyorliklariga uchmaslik kerak. Murabbiy bu holatga tayyor turishni eng katta vazifa qilib tayinlashi kerak.
Jahon chempionatini uzoq yillardan beri kutilyapti va ancha odamlar olamdan ham o'tib ketdi. O'ttiz yillik mehnat samarasi bir ochkoga bog'liq bo'lib turibdi. Har doim nimalardir halaqit berdi. Ko'rib turibsiz bu safar jamoamiz ham yaxshi darajada va Jahondagi kuchli chempionatlarda o'ynashmoqda.
Agar mundial yo'llanmasini qo'lga kiritsak, o'zbek futboli to'g'ri yo'ldan ketayotganligini ko'rsatgan bo'ladi. Ayni paytda o'zbek futbolini Markaziy Osiyoda lider deyishimiz mumkin. Chunki, qo'shni mamlakatlarga tashrif buyurib shuni bildikki, ularda biz kabi infratuzilma yo'q. Futbolimiz, Superligamiz ham borgan sari rivojlanib bormoqda. Eng asosiysi bugun g'alaba qozonib hayit bayrami uchun sovg'a sifatida taqdim etishlari kerak",-deydi Ermatov