locale OZ

“Barselona” Dias va Reshfordni qo'lga kirita olmagan taqdirda kim bilan shartnoma imzolashi ma'lum bo'ldi

Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Dias va Reshfordni qo'lga kirita olmagan taqdirda kim bilan shartnoma imzolashi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi yozgi transferlar vaqtida Luis Dias va Markus Reshfordni qo'lga kirita olmasa, “Arsenal” vingeri Gabriel Martinelli va “Bavariya” hujumchisi Kingsli Koman variantlarini ko'rib chiqmoqchi. Bu haqda insayder Reshad Rahman xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “ko'k-anorranglilar” Dias uchun belgilangan narxni to'lashga tayyor, biroq Reshford uchun emas. Kataloniyaliklar angliyalik hujumchini faqat ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Dias “Barselona”ning yozdagi asosiy transfer maqsadi ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Shu bilan birga, Reshford ham faoliyatini ispan grandida davom ettirish istagini bildirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting