locale OZ

Alisher To'ychiyev: \"O'zbekiston terma jamoasi mundial yo'llanmasini qo'lga kiritishiga chin dildan

Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alisher To'ychiyev: "
PHOTO: Telegram
JCH. Saralash. Osiyo
05.06.2025, Yak.
BAA
0
O‘zbekiston
0

Sports24.uz Tojikiston milliy terma jamoasi hamda “Barkchi” klubi darvozabonlar murabbiyi, shuningdek faoliyati davomida Dushanbening Istiqlol, o’zimizning Yangiyer, Mash’al, Nasaf, Metallurg klublarida darvozani qo’riqlagan inson Alisher To'ychiyev bilan bog'lanib, bugungi o'yin va Markaziy Osiyo futboli haqidagi fikrlari bilan qiziqdi:

"O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishiga chin dildan ishonaman. Buning uchun har bir o‘zbekning umumbashariy yordami, e’tiqodi nihoyatda muhim. Bu birgalikda erishish mumkin bo'lgan umumiy orzu.

Haqiqiy professionallar provokatsiyalarga berilmaydi. Ularning oldiga aniq maqsad qo‘yilgan va unga erishish yo‘lida bor kuch-g‘ayratlarini sarflashadi. Raqibning kichik provokatsiyalari bilan chalg'itishga bo’lgan harakati O’zbekiston terma jamoasining konsentratsiyasini yo'qotish uchun qilingan harakatlardir.

Tojikistonda ham futbol sezilarli o'sishni ko'rsatmoqda va men bu rivojlanishda davom etishiga ishonaman. Tojikiston yoshlar darajasida yaxshi natijalarga erishmoqda, bu esa salohiyatdan dalolat beradi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, Osiyo va dunyoda raqobat doimiy ravishda kuchayib bormoqda: boshqa davlatlar ham bir joyda turmayapti, faol sarmoya kiritmoqda va takomillashmoqda. Bu qo'shimcha qiyinchilik tug'diradi va yanada ko'proq ishlashga undaydi.

Agar Markaziy Osiyo Osiyo Kubogiga mezbonlik qilsa, bu, albatta, o'zgacha va o'ziga xos voqea bo'ladi. Bu mintaqaning imkoniyatlarini dunyoga ko‘rsatadi. Bu kubokni o'z maydonida qo'lga kiritish, albatta, unutilmas va butun Markaziy Osiyo futboli uchun eng yaxshi lahza bo'ladi",-deydi mutaxassis

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting