locale OZ

Yannik Sinner mag'lubiyatdan so'ng Carlos Alcarazga murojaat qildi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Dunyoning 1-raqamli tennischisi, italiyalik Yannik Sinner Rimdagi grunt turniri — “Masters” finalida yutqazganidan so'ng ispaniyalik raqibi, 3-raqamli Carlos Alcarazga samimiy so'zlar bilan murojaat qildi. Finalda Sinner Alcarazga 6:7 (5:7), 1:6 hisobida mag'lub bo'ldi.

“Carlos, seni va jamoangni tabriklayman. Parijga yetib borganimizda sen asosiy favorit bo'lasan. Sen — gruntdagi eng kuchli o'yinchisan. Tabriklayman va mavsumning qolgan qismida omad tilayman” , — dedi Sinner taqdirlash marosimida.

Eslatib o'tamiz, Rimdagi “Masters” Sinner uchun uch oylik doping qoidalarini buzganligi uchun olingan diskvalifikatsiyadan so'ng birinchi turnir bo'ldi. Joriy mavsumda u Australian Open turnirini yutgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting