O'zbek tennischisi Turkiyadagi xalqaro turnirning chorak finaliga chiqdi
O'zbek tennischisi Turkiyadagi xalqaro turnirning chorak finaliga chiqdi
7–13 aprel kunlari Turkiyada 25 ming dollar mukofot jamg'armasiga ega “Fyuçers” xalqaro tennis turniri bo'lib o'tmoqda. O'zbek tennischisi Sergey Fomin musobaqaning chorak finaliga yo'l oldi. U ikkinchi bosqichda jahon reytingida 418-o'rinni egallab turgan Chexiya vakilini 7:6, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Ayni paytda Fomin ATP reytingida 499-o'rinda joylashgan. Keyingi bosqichda u Xorvatiya tennischisi Luka Mirkutga qarshi kortga chiqadi. Mirkut 317-o'rinda turibdi.
Afsuski, juftlik bahslarida o'zbek tennischisi ishtirokini yakunladi. U Pavel Verbin bilan juftlikda norvegiyalik Kakuvolta va Vasa duetiga 6:3, 2:0 hisobida yutqazdi.
Yolg'izlar o'rtasidagi chorak final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.
Bakradze Iman
Redaktor