locale OZ

Humoyun Sultonov Rimdagi turnirning birinchi raqamli tennischisiga qarshi uch setlik murosasiz o‘yin o‘tkazdi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Humoyun Sultonov Rimdagi turnirning birinchi raqamli tennischisiga qarshi uch setlik murosasiz o‘yin o‘tkazdi
Humoyun Sultonov Rimdagi turnirning birinchi raqamli tennischisiga qarshi uch setlik murosasiz o‘yin o‘tkazdi

Italiya poytaxtida jami 54 000 AQSH dollari mukofot jamg‘armasiga ega bo‘lgan ATP Challenger turkumiga kiruvchi tennis turniri davom etmoqda. Musobaqaning asosiy turlarida O‘zbekistonning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov ham ishtirok etdi.

Turnirning birinchi davrasida 26 yoshli Sultonov musobaqaning birinchi raqamli tennischisi — 20 yoshli litvalik Vilyus Gaubasga qarshi maydonga tushdi. Gaubas ATP reytingida 149-o‘rinni egallab turibdi. 2 soat 26 daqiqa davom etgan o‘yin natijasida litvalik tennischi 3:6, 6:4, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqaning 1/8 finaliga yo‘l oldi.

Ayni vaqtda Humoyun Sultonov jahon reytingida 224-o‘rinda turibdi va musobaqada juftlik bahslari orqali ishtirokini davom ettiradi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting