locale OZ

ATP reytingi: tennischilarimiz katta sakrash amalga oshirishdi, Top-10da esa kuchli rokirovka kuzatildi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) 19-may holatiga ko‘ra yangi haftalik reytingni e'lon qildi. O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov bir pog‘ona pastlab, 224-o‘rinni egalladi. Ikkinchi raketamiz Sergey Fomin so‘nggi turnirda jamg‘argan 3 ochkosi hisobiga 18 pog‘onaga yuqorilab, 462-o‘ringa ko‘tarildi. Amir Milushev va Rahimbek Ibrohimov ham reytingda jiddiy sakrashga erishishdi — mos ravishda 7 va 85 pog‘onaga. Maksim Shin esa 8 o‘ringa pasaydi.

Shu hafta dunyo tennis reytingidagi eng muhim voqealardan biri Rimdagi “Masters” turniri natijalari bilan bog‘liq bo‘ldi. Unda chempionlikni qo‘lga kiritgan Carlos Alcaras bir pog‘ona yuqorilab, dunyoning ikkinchi raketkasiga aylandi. E’tiborlisi, o‘tgan yili Rimda g‘olib chiqqan Alexander Zverev bu yil 1/4 finalda mag‘lub bo‘lgani sabab 800 ochko yo‘qotib, uchinchi o‘ringa tushib ketdi.

ATP reytingi (19-may holatiga ko‘ra) — Top-10:
1. (1) Jannik Sinner (Italiya) — 10 380 ochko (+650)
2. (3) Carlos Alcaras (Ispaniya) — 8850 (+1000)
3. (2) Alexander Zverev (Germaniya) — 7285 (-800)
4. (4) Taylor Fritz (AQSH) — 4625 (-190)
5. (5) Jack Draper (Buyuk Britaniya) — 4610 (+170)
6. (6) Novak Djokovic (Serbiya) — 4080 (-50)
7. (7) Casper Ruud (Norvegiya) — 3905 (+190)
8. (9) Lorenzo Musetti (Italiya) — 3860 (+310)
9. (8) Alex de Minaur (Avstraliya) — 3635
10. (10) Holger Rune (Daniya) — 3440

O‘zbekistonlik tennischilarning joriy reytingi:
224 (223). Humoyun Sultonov — 250 ochko (-1)
462 (480). Sergey Fomin — 93 ochko (+3)
1679 (1686). Amir Milushev — 2 ochko (+7)
1734T (1226T). Maksim Shin — 2 ochko (-8)
1854T (1939T). Rahimbek Ibrohimov — 1 ochko (+85)

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting