locale OZ

ATP reytingi: Sultonovdan boshqalar yuqoriga ko'tarildi, top-10da o'zgarishlar

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ATP reytingi: Sultonovdan boshqalar yuqoriga ko'tarildi, top-10da o'zgarishlar
ATP reytingi: Sultonovdan boshqalar yuqoriga ko'tarildi, top-10da o'zgarishlar

Assotsiatsiya professional tennischilari (ATP) yangilangan haftalik reytingni e'lon qildi. O'zbekistonning birinchi raketkasi Xumoyun Sultonov o'tgan haftaga nisbatan bir pog'ona pasayib, 224-o'rinni egalladi. Qolgan o'zbekistonlik tennischilar esa, katta bo'lmasa-da, o'z natijalarini yaxshilashga muvaffaq bo'lishdi. Mamlakatning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin 2 ochko to'plab, ikki pog'ona yuqoriga ko'tarildi. Maksim Shin olti o'rin, Amir Milushev ikki, Rahimbek Ibrohimov esa besh o'rin yuqoriga chiqdi.

Jahon reytingining kuchli o'ntaligida ham o'zgarishlar kuzatildi. Barselonadagi musobaqa g'olibi Xolger Rune 13-o'rindan 9-o'ringa ko'tarildi. O'tgan yili ushbu turnirda zafar quchgan Kasper Ruud esa kuchli o'ntalikni tark etdi. Myunxenda chempionlikni qo'lga kiritgan nemis tennischisi Aleksandr Zverev Barselona finalida yutqazgan Karlos Alkaras bilan o'rin almashib, dunyo reytingida ikkinchi o'rinni egalladi.

ATP reytingi. 2025 yil 21 aprel holatiga ko'ra top-10:
1. Yannik Sinner (Italiya) — 9930 ochko
2. Aleksandr Zverev (Germaniya) — 8085
3. Karlos Alkaras (Ispaniya) — 8050
4. Teylor Fritz (AQSH) — 5115
5. Novak Djokovic (Serbiya) — 4120
6. Jek Dreypers (Buyuk Britaniya) — 3820
7. Aleks de Minaur (Avstraliya) — 3585
8. Andrey Rublyov (Rossiya) — 3530
9. Xolger Rune (Daniya) — 3480
10. Daniil Medvedev (Rossiya) — 3290

O'zbekiston tennischilari reytingdagi o'rni:
224 (223). Xumoyun Sultonov — 251 ochko
461 (463). Sergey Fomin — 97 ochko (+2)
1257 (1263). Maksim Shin — 6 ochko
1717T (1719T). Amir Milushev — 2 ochko
1952T (1957T). Rahimbek Ibrohimov — 1 ochko

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting