locale OZ

Universiada-2025: Ikromova va Usmonov O‘zbekistonga ilk medallarni olib kelishdi

Badiiy gimnastika va suzish yo‘nalishida yurtdoshlarimiz 2 ta kumush medalga ega bo‘lishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Germaniyada o‘tayotgan Butunjahon yozgi Universiadasida O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqadagi dastlabki medallarini qo‘lga kiritdi.

Murakkab va keskin kurashlarga boy bo‘lgan bahslar natijasida sportchilarimiz 2 ta kumush medal bilan taqdirlandilar. Ilk medalni badiiy gimnastikaning ko‘pkurash dasturida Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi Tahmina Ikromova qo‘lga kiritdi.

Keyinroq Eldorbek Usmonov suzish bo‘yicha 50 metrlik batterflyay usulidagi bellashuvda finalni ikkinchi bo‘lib yakunladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting