Eldorbek Usmonov Universiadada O‘zbekiston rekordini yangiladi
Yosh suzuvchi batterflyay yo‘nalishidagi natijasini yaxshilab, finalga yo‘l oldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram
Germaniyaning Reyn-Rur shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon yozgi Universiadasida suzish bo‘yicha musobaqalar boshlandi. 17 iyul kuni, birinchi kun doirasida, O‘zbekiston terma jamoasi vakili Eldorbek Usmonov 50 metrlik batterflyay usulidagi saralash bosqichida ishtirok etdi va 23.31 soniyalik natija bilan finalga yo‘l oldi.
Eng diqqatga sazovor tomoni — ushbu ko‘rsatkich mamlakat rekordi sifatida qayd etildi. Qizig‘i, avvalgi rekord ham Usmonovga tegishli bo‘lib, u 23.32 soniyani tashkil etgan edi.
Bakradze Iman
Redaktor