locale OZ

Umida Omonova — Jahon kubogining uchinchi bosqichida

O‘zbekistonlik shaxmatchi tay-brekda Yevropa chempionini mag‘lub etdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Gruziyaning Batumi shahrida ayollar o‘rtasidagi FIDE Jahon kubogi qizg‘in pallaga kirdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasidan uch nafar shaxmatchi — Umida Omonova, Gulruhbegim Tohirjonova va Afruza Hamdamova ishtirok etmoqda.

Umida Omonova muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirib, uchinchi bosqichga yo‘l oldi. U ikkinchi bosqichda Yevropa chempioni, polshalik Alina Kalinskaya bilan durang o‘ynadi. Tay-brekda esa kuchli raqibasini mag‘lub etishga erishdi.

Gulruhbegim Tohirjonova xitoylik xalqaro ustalardan biri — Lu Miaoyiga qarshi bahs olib bordi. U qiyin kurashda ustunlikka ega bo‘lgan bo‘lsa-da, hal qiluvchi xatosi sabab musobaqani tark etdi.

Avval xabar berganimizdek, yoshlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova ikkinchi bosqichda Hindiston vakili, rapid bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Hampi Koneruga 0,5:1,5 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

12 iyul kuni Umida Omonova uchinchi bosqichda qozoqistonlik Elnaz Kaliahmetga qarshi dona suradi. Elnaz o‘tgan bosqichda gruziyalik tajribali shaxmatchi Nino Batsiashvili ustidan 1,5:0,5 hisobida g‘alaba qozongan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting