locale OZ

Umida Omonova Jahon kubogida rekord o‘rnatdi — eng past reyting bilan 1/8 finalga chiqqan ilk shaxmatchi

19 yoshli hamyurtimiz to‘rtinchi bosqichda dunyo reytingidagi 3-raqamli shaxmatchiga qarshi o‘ynaydi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Gruziyaning Batumi shahrida ayollar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi. Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston terma jamoasi vakili Umida Omonova to‘rtinchi bosqichga yo‘l oldi.

Ayni paytda dunyo reytingida 90-o‘rinda turgan 19 yoshli shaxmatchimiz musobaqa tarixida eng past reyting bilan 1/8 finalga chiqqan ilk ishtirokchi sifatida rekord o‘rnatdi.

Umida musobaqaning dastlabki uch bosqichida fransiyalik Sofi Mille, polyak Alina Kashlinskaya va qozoqistonlik Elnaz Kaliaxmet ustidan ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.

Endi u to‘rtinchi bosqichda jahon reytingida 3-o‘rinda turgan xitoylik grossmeyster Tingji Liga qarshi bellashadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting