locale OZ

UFC rejasi o'zgardi: Asu Almabayevning yangi raqibi ma'lum bo'ldi

Abu-Dabidagi UFC on ABC 9 turnirida Asu Almabayev perulik Xose Ochoa bilan to'qnashadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Qozog'istonlik engil vazn toifasidagi jangchi Asu Almabayev 26 iyul kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC on ABC 9 turnirida oktagonga qaytib, perulik Xose Ochoaga qarshi jang o'tkazadi.

DarteTeam jamoasining ma'lum qilishicha, Xose Ochoa murabbiylar qaroridan so'ng asosiy kardda Ramazon Temirovning o'rnini egallaydi.

Avvalroq Asu Almabayevning Temirovga qarshi ringga chiqishi rejalashtirilgan edi. Bu jang UFC tarixida ilk bor o'zbek va qozoq jangchilari o'rtasidagi to'qnashuv sifatida qayd etilishi kerak edi. Biroq Temirov turnirdan chetlashdi va tashkilotchilar raqibni tezda o'zgartirishdi.

DarteTeam’ning rasmiy Instagram sahifasida berilgan ma'lumotga ko'ra, 7 g'alaba va 1 mag'lubiyatga ega bo'lgan Xose Ochoa (UFCda 1 g'alaba, 1 mag'lubiyat) Temirov o'rnini egallaydi.

Xose Ochoa Peru vakili bo'lib, professional faoliyati davomida jami sakkiz jang o'tkazgan. Ulardan yettitasida g'alaba qozongan va faqat bir marta mag'lub bo'lgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting