locale OZ

Toshkentda Olimpiya kuni bayramona tarzda nishonlandi

Yulduz Usmonova sahnada davrani qizitdi, tadbirda Kapadze, Chusovitina va Ahmadaliyev kabi taniqli mehmonlar qatnashdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

21 iyun kuni Toshkent shahrida joylashgan Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Xalqaro Olimpiya kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va Paralimpiya qo‘mitasi, Sportni rivojlantirish vazirligi, turli federatsiya va assosiasiya rahbarlari, sportchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va keng jamoatchilik – jami 1000 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Mazkur bayramga turli sohalar va sport turlarining taniqli vakillari tashrif buyurdi. Ular orasida Temur Kapadze, Oksana Chusovitina, Murodjon Ahmadaliyev, Oybek Qosimov, Adham Ikramov, Sherzod Toshmatov, Hamdam Sobirov va G‘aybulla Tursunov kabi yurt faxrlari bor edi.

Tadbirning eng yorqin lahzalaridan biri esa xonanda Yulduz Usmonovaning chiqishi bo‘ldi — u o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan davrani chinakam bayramona kayfiyatga burdi.

Tadbirdan fotoreportajni tomosha qiling!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting