Ramazon Temirov UFC bilan yangi shartnoma tuzdi — oldinda to'rtta jang
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov tashkilot bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda uning murabbiyi Jasur Alijonov Instagram orqali ma'lum qildi. Alijonovga ko‘ra, Temirov UFC bilan yana 4 ta jangni o‘z ichiga olgan kelishuvga erishgan.
Ma’lumot uchun, Ramazon Temirov hozirda o‘ta engil vazn toifasida UFC reytingida 13-o‘rinni egallab turibdi. U mazkur promoushenda 2 ta jang o‘tkazib, har ikkallasida ham g‘alaba qozongan.
Navbatdagi jang 27 iyul kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. Temirov oktagonda qozoqistonlik Asu Almabaevga qarshi bahs olib boradi.

Bakradze Iman
Redaktor