Qazaqstan Barysy Grand Slam: Bugun dzyudochilarimizdan medallar kutilyapti
Astana shahrida bo'lib o'tayotgan dzyudo bo'yicha Qazaqstan Barysy Grand Slam musobaqasining ikkinchi kuni boshlanish arafasida. Turnirda 44 davlatdan 358 nafar sportchi ishtirok etayotgan bo‘lib, ular mukofotlar va jahon reytingi uchun muhim ochkolarni qo‘lga kiritishga harakat qilishmoqda. Musobaqa jamg‘armasi 154 ming yevroga teng.
Bugun o‘rta vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkaziladi. Erkaklar -73 va -81 kg, ayollar esa -63 va -70 kg vaznlarda tatamiga chiqishadi. O‘zbekiston sharafini 5 nafar dzyudochi himoya qiladi. Saralash jangi soat 10:30da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha -66 kg vaznda Muhriddin Tilovov bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Ham yurtdoshlarimizning birinchi davradagi raqiblari:
Ayollar:
-63 kg: Sevinch Isoqova — Sky Noester (JAR)
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva — Nyam-Erdene Batsuuri (Mo‘g‘uliston)
Erkaklar:
-73 kg: Asadbek Norbo‘taev — Fabrizio Esposito (Italiya) yoki Barukh Shmailov (Isroil)
-73 kg: Muhammadyo‘hyo Muhammadjonov — Alberto Martin Gaytero (Ispaniya)
-81 kg: Nodirbek Mavlonberdiyev — Li Jun Hvan (Koreya Respublikasi)
Sportchilarimizga omad tilaymiz!