locale OZ

O‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar Jahon kubogining ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi

Afruza, Umida va Gulruxbegim musobaqaning navbatdagi .bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Gruziyaning Batumi shahrida ayollar o‘rtasidagi FIDE Jahon kubogi musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining etakchi shaxmatchilari — Afruza Hamdamova, Umida Omonova va Gulruxbegim Tohirjonova muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.

Afruza va Gulruxbegim birinchi bosqichda raqiblarini 2:0 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi bosqichga yo‘l olgan bo‘lsalar, kecha Umida Omonova ham ular safiga qo‘shildi.

Fransiyalik Sofi Millietga qarshi asosiy ikki partiyani durang bilan yakunlagan Omonova tay-brekda aniq ustunlik namoyon etdi va keyingi bosqichga chiqdi.
Bundan avval Gulruxbegim kubalik grossmeyster Erisbel Miranda Lalensni, Afruza esa Peru vakili Fiorella Kontreras Huamman-ni ishonchli tarzda mag‘lub etgan edi.

Bugun Jahon kubogining ikkinchi bosqich uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
• Gulruxbegim xitoylik sportchi Lu Miaoiy bilan,
• Umida — polyak Yevropa chempioni Alina Kalinskaya bilan,
• Afruza esa kuchli raqib — Hampi Koneru (Hindiston)ga qarshi bellashadi.

Eslatib o‘tamiz, Hampi Koneru — yoshlar va rapid yo‘nalishida ikki karra jahon chempioni hisoblanadi.

Ikkinchi bosqich partiyalari Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting