locale OZ

Nodirbek Abdusattorov Buxarestdagi elita turnirida g‘alaba uchun kurashni boshladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: sports.uz

Buxarest shahrida klassik shaxmat bo‘yicha xalqaro darajadagi Superbet Chess Classic Romania turniri boshlandi. Grand Chess Tour 2025 doirasida o‘tkazilayotgan musobaqa 350 000 dollarlik mukofot jamg‘armasiga ega bo‘lib, g‘olib 100 000 dollarni qo‘lga kiritadi.

O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan grossmeyster Nodirbek Abdusattorov mazkur musobaqada yetakchi shaxmatchilar qatorida chempionlik uchun bahs olib bormoqda. Birinchi turda u AQSh nomidan ishtirok etayotgan Levon Aronyanga qarshi qora donalarda o‘ynadi va durang natija qayd etildi.

1-tur doirasidagi besh partiyadan uchtasida durang kuzatildi. Fransiyalik Alireza Firuzja vatandoshi Maksim Vashe-Lagrav ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, amerikalik Wesley So ruminiyalik Bogdan-Daniel Dekni mag‘lub etdi.

Hindistonlik jahon chempioni Gukesh Dommaraju hamyurti Praggnanandha bilan bahsni tenglik bilan yakunladi. Yan-Krishstoff Duda va Fabiano Caruana o‘rtasidagi uchrashuv ham durang bilan tugadi.

Abdusattorovning keyingi turdagi raqibi keyinroq ma'lum bo‘ladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting