locale OZ

Madrid jamoalari Mainu uchun kurashmoqda

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Madrid jamoalari Mainu uchun kurashmoqda
ФОТО: Getty images

“Atletiko” klubi “Manchester Yunayted”ning 20 yoshli yarim himoyachisi Kobbi Mainuni o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Atletiko”dan tashqari, “qizil iblislar” tarbiyalanuvchisiga Madridning boshqa jamoasi “Real” klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, Italiya klubi “Napoli” yozgi transfer oynasida uni ijaraga olmoqchi edi. Ammo “qizil iblislar” rahbariyati futbolchini sotishdan bosh tortdi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Kobbi Mainu “Manchester Yunayted” tarkibida jami 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali yarim himoyachining qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting