locale OZ

16 yoshli o'zbek piloti 172 ochko bilan Qirg'iziston 2025 drift chempionatida yetakchilik qilmoqda

uchrashuv 11,14-oktyabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islombek Ismoilov shogirtlari Turkiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
photo: Nafku uzbekistan

16 yoshli o'zbek piloti 172 ochko bilan Qirg'iziston 2025 drift chempionatida yetakchilik qilmoqda.

Chempionatning umumiy hisobida NAFKU Racing Team jamoasi (1-o‘rin jamoaviy reytingda) va bir vaqtning o‘zida ikki nafar o‘zbekistonlik pilot yetakchilardan joy oldi:
Li Sen Man – 1-o‘rin (172 ochko)
Dilshod Yusupov – 4-o‘rin (122 ochko)

21-sentabr kuni “Gansi” avtotrackida Qirg‘iziston Respublikasi Drift Chempionati 2025 ning Ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi — Markaziy Osiyoning eng kuchli pilotlarini jamlagan, mavsumning eng tomoshabop musobaqalaridan biri bo‘ldi.

O‘zbekistondan jami 11 nafar pilot ishtirok etdi: Farrux Urunov, Li Sen Man, Dilshod Yusupov, Shohruxxon Xudoyorxonov, Husniddin Melikmurodov, Vyacheslav Yugay, Amal Qurayev, Aziz Shoyunusov, Anvar Karimjonov, Sanjar Saydazov va Aleksey Li.

Ikkinchi bosqich poygasi podiumi:
• Li Sen Man — bronza medali!

Bizning sportchilarimiz tomoshabop kurash, ishonchli zaezdlar va haqiqiy xarakterni namoyish etdilar. Ayniqsa, 16 yoshli NAFKU Racing Team piloti Li Sen Man alohida e’tiborga loyiq.

U qizg‘in duel zaezdlari natijasida muvaffaqiyatini mustahkamlab, podiumga ko‘tarildi va Ikkinchi bosqich yakunida shaxsiy hisobda 3-o‘rinni egalladi!

Ikkinchi bosqich shaxsiy natijalari:
• Li Sen Man (NAFKU Racing Team) — 3-o‘rin
• Dilshod Yusupov (NAFKU Racing Team) — 8-o‘rin
• Farrux Urunov (Doppi Team) — 10-o‘rin
• Sanjar Saydazov (Doppi Team) — 10-o‘rin
• 17-o‘rin: Shohruxxon Xudoyorxonov, Husniddin Melikmurodov, Anvar Karimjonov, Amal Qurayev va Aleksey Li
• Vyacheslav Yugay va Aziz Shoyunusov — 32-o‘rin

Ikki bosqich yakuniga ko‘ra:
• Li Sen Man umumiy hisobda 172 ochko bilan chempionat yetakchiligini qo‘lida saqlab qolmoqda!
• Uning jamoadoshi Dilshod Yusupov esa kuchli o‘nlikda bo‘lib, umumiy reytingda yuqori 4-o‘rinni egallagan!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting