Inouega Ahmadalievga tayyorgarlikda Marlon Tapales yordam beradi
Naoya Inoue Murodjon Ahmadalievning sobiq raqibini sparring sherigi sifatida Yaponiyaga taklif qildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram
Naoya Inouening murabbiylar shtabi sentabr oyida bo‘ladigan muhim jangga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uning menejeri ma’lum qilishicha, jahon chempionlik kamari uchun Ahmadalievga qarshi jangda Inouega tajribali raqiblar bilan sparring kerak bo‘ladi.
— Ahmadaliev — Naoya uchun hozirgacha bo‘lgan eng kuchli raqib. Biz tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Hozircha Murata Subaru, Nagatu va Riku Masuda bilan sparringlar olib boryapmiz. Avgust oyining o‘rtalarida esa Murodjon Ahmadaliev bilan ilgari jang qilgan filippinlik Marlon Tapales Yaponiyaga keladi va Inouega tayyorgarlikda yordam beradi, — dedi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Inoue — Ahmadaliev chempionlik jangi 14 sentabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadi.
Bakradze Iman
Redaktor