locale OZ

Inoue — Ahmadaliev jangi rasman e'lon qilindi

Yaponiyalik chempion o‘zini sinovga qo‘yadigan bahs haqida fikr bildirdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Professional boksning ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni hisoblangan Naoya Inoue navbatdagi jangini rasman tasdiqladi. Unga ko‘ra, 2025 yil 14 sentabr kuni Nagoya shahridagi IG Arenada Inoue o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadalievga qarshi to‘rtta chempionlik kamarini (WBC, WBA, IBF, WBO) himoya qiladi. Ahmadaliev hozirda WBA Interim kamari sohibi hisoblanadi.

Naoya Inoue jang haqida quyidagicha izoh qoldirdi:

“2025 yil 14 sentabr kuni Nagoyadagi IG Arenada Murodjon Ahmadalievga qarshi chempionlik kamarlari himoyasini o‘tkazishni ma'qul topdik. Bu mening faoliyatimdagi eng jiddiy sinovlardan biri bo‘ladi. Ammo aynan shunday bahslar mening kuchimni namoyon etadi. Qolgan ikki oyda jiddiy tayyorgarlikni davom ettiraman va eng yaxshi natijalarni taqdim etaman. Meni qo‘llab-quvvatlang!”

Buyuk to‘qnashuvga sanalgan kunlar tobora kamaymoqda. Butun boks jamoatchiligi ushbu jangni katta qiziqish bilan kutmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting