Ahmadaliyev – Inoue jangi manzili rasman o'zgardi
Mutlaq chempionlik uchun to'qnashuv Tokioda emas, Nagoyada bo'lib o'tadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram
14 sentabr kuni professional boksning ikkinchi yengil vazn toifasidagi mutlaq chempionlik jangi bo'lib o'tadi. Unda yaponiyalik to'rt kamar sohibi Naoya Inoue o'zbekistonlik WBA Interim chempioni Murodjon Ahmadaliyevga qarshi ringga chiqadi.
Avvalroq ushbu jang Tokio shahrida tashkil etilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq bugun Yaponiya tomoni jangning manzilini rasmiy ravishda e'lon qildi — to'qnashuv Nagoya shahridagi IG Arena'da bo'lib o'tadi.

IG Arena — yaqinda qurib bitkazilgan zamonaviy inshoot bo'lib, 17 000 nafar tomoshabinni qabul qilish imkoniyatiga ega. Arena rasmiy ravishda 13 iyul kuni ochiladi.
Bakradze Iman
Redaktor