Doston Bozorovning chempionlik kamariga kimlar da’vogarlik qilmoqda?


Muradov Legion Team bosh murabbiyi Jasur Alijonov Octagon League’ning engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun asosiy da’vogarlarni ma’lum qildi. Ma’lumki, ushbu vazn toifasidagi kamar hozircha o‘zbekistonlik sportchi Doston Bozorovga tegishli. Ammo u yaqin orada kamarni vakant holatga o‘tkazishini bildirgan.
Jasur Alijonov (Jasko Coach) Olamsport muxbiri Sarvinoz Rahmonqulova bilan suhbatda quyidagi sportchilarni chempionlik uchun asosiy nomzodlar sifatida tilga oldi:
Ahliddin Mirzadavlatov
Muhiddin Mamajonov
Amirkhon Alixojaev
“Bu yigitlar tayyorgarlik darajasi, jang uslubi va so‘nggi natijalari bilan ajralib turishmoqda. Kamar uchun asosiy kurash shu uchlik orasida kechishi kutilmoqda”, — dedi Alijonov.

Maqolalar
Kecha da 10:33

Futbol
10 iyl 2025

Futbol
10 iyl 2025