Asu Almabaevning murabbiyi Ramazon Temirovga qarshi jang haqida fikr bildirdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rаsm: gettyimages.com
UFCda harakat qilayotgan qozoqistonlik sportchi Asu Almabaevning murabbiyi Eduard Bazrov shogirdining Ramazon Temirovga qarshi jang ehtimoli haqida gapirdi.
“Haqiqatan ham bizning jang haqida kelishuvimiz bor. Bahs iyul oyida Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. Temirov — jiddiy raqib, yaqin qo‘shnidan. U UFC’da yaxshi debyut qildi, hozircha ikki g‘alabali seriyada. Johnsonni yengganini ham eslab o‘tish joiz. Bizni oson kechmaydigan jang kutib turibdi. Barcha jihatlarini o‘rganib, puxta tayyorgarlik ko‘ramiz”, — dedi Bazrov.
Unga ko‘ra, jang bo‘yicha barcha asosiy shartlar kelishilgan, raqib va sana belgilangan. Biroq u har qanday o‘zgarish ehtimolini inkor etmadi.
Bakradze Iman
Redaktor