locale OZ

Oʻzbekiston terma jamoasi darvozaboni jahon chempionatida eng yaxshisi deb topildi

Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekiston terma jamoasi darvozaboni jahon chempionatida eng yaxshisi deb topildi
Oʻzbekiston terma jamoasi darvozaboni jahon chempionatida eng yaxshisi deb topildi

19 aprel kuni Armanistonning Yerevan shahrida kattalar oʻrtasidagi xokkey boʻyicha IV divizion jahon chempionati yakunlandi. Musobaqa natijalariga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi ishonchli gʻalaba qozondi.

Jamoaning asosiy darvozaboni Rustam Irgashev — turnirning eng yaxshi darvozaboni deb eʼlon qilindi. Maʼlumot uchun: 18 yoshli golkiper terma jamoa safida toʻrtta oʻyinda ishtirok etib, jami yettita shayba oʻtkazib yubordi. Bu natija musobaqadagi barcha darvozabonlar orasida eng yaxshisi boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston xokkeychilari turnir jadvalida Armaniston, Indoneziya, Quvayt, Eron va Malayziya jamoalarini ortda qoldirdi. IV diviziondagi gʻalaba jamoamizga kelgusi jahon chempionatida III divizion, “B” guruhida ishtirok etish huquqini berdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting