OAV: \"Humo\" xokkeychilari maoshlar tufayli O‘zbekiston Prezidentiga murojaat qildi
Toshkentning "Humo" klubi xokkeychilari, jumladan Belarusdan kelgan sportchilar, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga murojaat yo‘llab, maoshlar bo‘yicha vaziyatni ko‘rib chiqishni so‘rashdi. Bu haqda belarus ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Maoshlar bo‘yicha qarzdorlik 2025 yilning yanvaridan beri to‘rt oy davomida yig‘ilib qolgan. Hujjatni imzolaganlar orasida klub safida to‘p surayotgan belarus xokkeychilari va murabbiylar shtabi vakillari ham bor.
Manbalar ma’lum qilishicha, "Humo" klubi so‘nggi paytlarda jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelgan. Turli axborotlarga ko‘ra, jamoa hatto faoliyatini to‘xtatish yoqasiga kelib qolgan.
Shunga qaramasdan, o‘tgan mavsumda jamoa belarus mutaxassisi Dmitriy Katayev boshchiligida yaxshi natijalar qayd etdi — "Humo" Qozog‘iston chempionati pley-off bosqichida yarim finalgacha yetib bordi.
