locale OZ

Zommer «Inter»ni tark etishini e'lon qildi

U 2023 yildan beri klub safida to'p suradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zommer «Inter»ni tark etishini e'lon qildi
ФОТО: Getty images

«Inter» 37 yoshli darvozabon Yan Zommerning shartnomasi tugaganidan so'ng ketishi haqida rasmiy xabar berdi.

Shveytsariyalik futbolchi Milan klubidagi faoliyatini yakunlamoqda, u klub tarkibida uch mavsum o'ynab, to'rtta sovrinni qo'lga kiritgan.

Jamoada bo'lgan vaqti davomida Zommer barcha musobaqalarda 139 ta o'yin o'tkazgan va ularda 120 ta gol o'tkazib yuborgan. 66 ta o'yinda darvozabon "quruq" o'yin o'tkazgan. Yan Zommer 2023 yil avgust oyida «Inter» bilan shartnoma imzolagan edi.

Darvozabon klub bilan to'rtta sovrin, jumladan, ikkita A Seriyasi chempionligi, Italiya Kubogi va Italiya Superkubogi egasi bo'lgan. Ilgari Zommer «Bazel», «Grasshopper», Myonxengladbaxning «Borussiya»si va Myunxenning «Bavariya»si kabi klublarda to'p surgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting