locale OZ

Zabarnıy — Chempionlar ligasida g'olib chiqqan to'rtinchi ukrainalik

"PSJ" ketma-ket ikkinchi marta Chempionlar Ligasi g'olibiga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zabarnıy — Chempionlar ligasida g'olib chiqqan to'rtinchi ukrainalik
ФОТО: Getty images

"PSJ" himoyachisi Iliya Zabarnıy Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan to'rtinchi ukrainalik futbolchiga aylandi.

Zabarnıy parijliklarga 2025/26 yilgi mavsum final uchrashuvida "Arsenal"ni mag'lub etishga yordam berdi (1:1, pen. seriyasi 4:3).

Ukrainalik futbolchi ikkinchi qo'shimcha bo'lim boshida maydonga tushdi. 23 yoshli markaziy himoyachi uchun bu o'yin Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidagi birinchi uchrashuvi bo'ldi.

Ta'kidlash joizki, ukrainaliklar orasida Andrey Shevchenko ("Milan" – 2003 yil), Anatoliy Timoshchuk ("Bavariya" safida – 2013 yil) va Andrey Lunin ("Real" safida 2022 va 2024 yillarda) Chempionlar Ligasida g'alaba qozongan.

Joriy mavsumda Zabarnıy barcha musobaqalarda 37 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.

"PSJ" ketma-ket ikkinchi marta Chempionlar Ligasi g'olibiga aylandi. "Arsenal" uchun bu final klub tarixidagi Chempionlar Ligasidagi ikkinchi final bo'ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting