Yurgen Klopp “Real Madrid”ni boshqarishni rad etganidan afsusda - Marca
FOTO: Getty Images
“Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp bir necha hafta oldin “Real Madrid”ning jamoa bosh murabbiyi bo'lish taklifiga rad javobini berdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, germaniyalik mutaxassis hozirda bu qaroridan afsusda ekanligi aytilmoqda.
Ta'kidlanishicha, Klopp endi “Real”ni boshqara olmaydi, chunki ispan grandi Leverkuzenning “Bayer” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan kelishuvga erishgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV'da “qaymoqranglilar”ning amaldagi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti may oyining so'nggi kunlarida klubni tark etishini e'lon qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist