locale OZ

Yurgen Klopp «Liverpul» muxlislari bilan bog‘liq hodisaga munosabat bildirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Premyer-ligasidagi g‘alabadan so‘ng o‘tkazilgan parad paytida muxlislar orasiga mashina kirib borgani bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi. OAV xabariga ko‘ra, bir necha kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

«Oilam va men hodisadan qattiq iztirobdamiz. His-tuyg‘ularimiz va duolarimizni jabrlanganlar bilan baham ko‘ramiz», — deb Kloppning so‘zlarini keltiradi jurnalist Jeyms Pirs ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» 2024/2025 yilgi mavsumda 38 turdan keyin 84 ochko jamg‘arib, Angliya chempioniga aylangandi. Jamoa «Arsenal»ni 10 ochkoga ortda qoldirgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting