Yulmann: «Mening nomim «Real» kabi klub bilan bog'lanayotgani — katta sharaf»
“Sporting” yarim himoyachisi Morten Yulmann “Real” jamoasiga ehtimoliy o'tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Avvalroq COPE xabariga ko'ra, Joze Mourinyo “Real”ga tayinlanishiga yaqin va u klubdan aynan daniyalik futbolchini sotib olishni so'rashi mumkin.
"Mening nomim 'Real' kabi klub bilan bog'lanayotgani — bu men uchun katta sharaf. Lekin hozir men 'Sporting'daman va bu klub men uchun juda qadrlidir. Hozir butun e'tiborimni shu yerdagi o'yinim va navbatdagi uchrashuvga qaratganman. Kelajagim haqida o'yindan keyin albatta gaplashaman", — dedi u Marca'ga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda Yulmann barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning Lissabon klubi bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati taxminan 45 million yevroni tashkil etadi.