locale OZ

Yoahim Lyov milliy jamoadan taklif olganini tasdiqladi

Mashhur mutaxassis klublar va milliy jamoalardan bir nechta taklif olganini ma'lum qildi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoahim Lyov so‘nggi haftalarda bir nechta klub va bir milliy assotsiatsiyadan takliflar olganini ma'lum qildi.

«Oxirgi bir-ikki hafta ichida men bilan bog‘lanib, suhbatga tayyorligim va qiziqishim bor-yo‘qligini so‘rashdi», — dedi Lyov Rust shahridagi “Evropa parki”dagi tadbir chog‘ida.

U hozirda ushbu takliflar yuzasidan o‘ylab ko‘rayotganini va har bir jamoa haqida zarur ma'lumot to‘playotganini bildirdi. Shuningdek, potensial hamkorlik samarali bo‘lishi mumkinmi, degan savolga javob topish uchun mas'ullar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, 65 yoshli mutaxassis 2014 yili Germaniyani jahon chempioniga aylantirgan. U 2021 yilda terma jamoadan ketganidan beri murabbiylik faoliyatini to‘xtatib turgan edi.

Avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Löw bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting