YeChL. «Nyukasl» safarda «Union»ni tor-mor etdi
Inglizlar turnirdagi ilk g‘alabasiga erishdi.
ФОТО: Getty images
"Nyukasl" Chempionlar Ligasi musobaqasining 2-turida mehmonda Belgiya klubi "Union"ni mag‘lub etdi – 4:0.
"Qarg‘alar" hujumchisi Entoni Gordon dubl muallifi bo‘ldi. 24 yoshli ingliz futbolchi 43 va 64-daqiqalarda penaltilardan aniq foydalandi. Shuningdek, Nik Voltemade (17-daqiqa) va Xarvi Barns (80-daqiqa) ham bitta gol urishdi.
"Nyukasl" (3) Chempionlar Ligasidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. "Union" (3) esa ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.
YeChL. 2-tur
“Union” 0:4 “Nyukasl”
Gollar: Voltemade 17, Gordon 43, 64, Barns 80
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist