locale OZ

YeChL finalining vaqtiga o'zgartirish kiritiladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YeChL finalining vaqtiga o'zgartirish kiritiladi
Фото: Getty Images

Yevropa Chempionlar ligasi finali uch soat oldin boshlanadi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, UEFA joriy mavsumdan boshlab turnir finallari Yevropa vaqti bilan 18:00da (Toshkent vaqti bilan 21:00) boshlanishini e'lon qildi.

"Ushbu qaror logistika va moliyaviy operatsiyalarni tartibga solish orqali muxlislar, jamoalar va mezbon shaharlar uchun umumiy o'yin tajribasini yaxshilash, shu bilan birga bir qator aniq imtiyozlarni taqdim etish uchundir.

Shahar tashqarisidagi ishqibozlar uchun bu jamoat transportidan foydalanish imkoniyatini yaxshilaydi", — deyiladi UEFA bayonotida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting