locale OZ

YeChL. «Arsenal» safarda «Atletik»ni mag‘lub etdi

Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar g‘alaba gollariga mualliflik qilishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YeChL. «Arsenal» safarda «Atletik»ni mag‘lub etdi
ФОТО: Getty images

Chempionlar ligasi 2025/2026 yilgi mavsumi umumiy bosqichi 1-turidan o‘rin olgan “Atletik” Bilbao – “Arsenal” uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuv London klubining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

72-daqiqada mehmonlar hujumchisi Gabriel Martinelli hisobni ochdi. U maydonga 71-daqiqada tushirilgan edi. 87-daqiqada esa vinger Leandro Trossard “Arsenal”ning ustunligini mustahkamladi.

Keyingi turda angliyaliklar 1 oktyabr kuni “Olimpiakos”ga qarshi o‘ynashadi. “Atletik” esa shu kuni Dortmundning “Borussiya”siga qarshi maydonga tushadi.

Chempionlar ligasi. Umumiy bosqich. 1-tur
“Atletik B” (Bilbao, Ispaniya) – “Arsenal” (London, Angliya) - 0:2
Gollar: 0:1 — Martinelli (72’), 0:2 — Trossard (87’)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting