locale OZ

YeChL 4-turining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi

4 futbolchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YeChL 4-turining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
ФОТО: Getty images

UEFA rasmiy sayti Chempionlar Ligasi 4-turining eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi.

Kuchli to‘rtlikdan Mikel Merino ("Arsenal"), Fil Foden ("Manchester Siti"), Karlush Forbes Borxes ("Bryugge") va Viktor Osimhen ("Galatasaray") joy oldi.

Merino Praganing "Slaviya" klubiga qarshi o‘yinda (3:0) dubl qayd etgan bo‘lsa, Foden Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi o‘yinda (4:1) ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi, Borxes "Barselona"ga qarshi bahsda (3:3) ikkita gol va assist qayd etdi, Viktor Osimhen esa het-trigi bilan "Ayaks"ni ranjitdi (3:0).

Keyingi tur o‘yinlari 25 va 26 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting